Bu sahifada siz maktabimiz haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.
Samarqand tumanidagi 29- maktab 1926-yilda tashkil topgan bo’lib, hashar yo’li bilan birinchi eski bino qurilgan va unda 8 ta sinfxona mavjud bo’lgan. Ikkinchi eski bino 1964 yilda qo’shimcha ravishda qurilgan, 4 sinfxonadan iborat bo’lgan. Hozirgi ikki qavatli zamonaviy bino 1994-yilda qurilgan. 1953-1960 yillarda Xirojova Kimyo, 1960-1987 yillarda Marufova Mehri, 1987-1989 yillarda Tursunov Hamroqul, 1989-1997-yillarda Akramov Mirzomaxmud, 1997-2003-yillarda Muinov Mardon, 2003-2007 yillarda Qurbonov Jononlar maktabda rahbarlik qilgan. 2007 yildan hozirgacha maktabda Buranova Nodira Baxronkulovna rahbarlik qilib kelmoqda.Maktab 422 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hozirda 515-nafar o’quvchilar tahsil olib kelmoqda, ularga 38 nafar pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda, 2020 yilda maktabda zamonaviy sport zali qurildi va barcha sport anjomlari bilan ta’minlandi.Hozirda maktabda 16 ta zamonaviy kompyuterlar, interaktiv doska, skaner va printerlar bilan jihozlangan informatika xonasi, barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan ingliz tili xonalari, biologiya-kimyo labaratoriya xonalari va fizika xonasi samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda.